O’zLiDeP faoli tashabbusi: Sariosiyolik Sabohatga issiqxona qurib berildi

04.04.2022, 14:30

O’zLiDeP faoli tashabbusi: Sariosiyolik Sabohatga issiqxona qurib berildi

Ha, bugun yoshlarni ishli qilish diqqat markazimizda turgan muhim masaladir. Shu bois, barcha kuch va imkoniyatlar ayni shu masalani ijobiy hal etishga sarflanmoqda. Ekin qilaman deganga yer, tadbirkorlik qilaman deganga kredit, hunarim bilan daromad topaman deganga subsidiyali uskuna berilmoqdaki, buning ortidan g‘ayrati bor yoshlar o‘z yo‘nalishi va yo‘lini topishga urinayapti.

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yashovchi Sabohat Nurillayeva ham tomorqasida issiqxona qurib, unda mehnat qilib, daromad qilish niyatida yurgandi. Ammo, qaysi eshikni taqillatishni, kimdan yordam so‘rashni bilmay turgan paytida O’zLiDeP tuman Kengashi faoli O.Sultonov va yoshlar yetakchisi M.Jo‘raboyevlar yordam berishdi.

Kerakli hujjatlarni rasmiylashtirib, Sabohatga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdi. Va unga tijorat bankidan 33 million so‘m kredit ajratilishiga ko‘maklashishdi.

Tezda kredit mablag‘iga S.Nurillayevaning xonadonidagi 3 sotix joyga issiqxona qurib berildi va u yerga 36 tup limon hamda 2 tup apelsin ko‘chatlari ham ekildi. Endi Sabohatdan talab etiladigani ko‘chatlarni mehr bilan parvarishlab, mo‘l-ko‘l hosil olish. O’zLiDeP faoli bu bo‘yicha ham tavsiyalarini berishdan erinmaydi.

OʻzLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    324
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+