O‘zLiDePdan saylangan farg‘onalik deputatlar saxovat tadbirlarida faol ishtirok etmoqda
04.04.2022, 14:33

Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va muammolarini o‘rganish maqsadida O‘zLiDePdan saylangan Farg‘onalik deputatlar saxovat tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Farg‘ona shahar Kengashi deputati Asrorjon Qodirov o‘z saylov hududidagi 17 nafar xonadonlarni o‘rgandi.
Jo‘ydam va Sovurbuloq mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oila vakillari bilan suhbatlashib, fuqarolar murojaatlariga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi, huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida kam ta’minlangan oilalarga deputat tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati A.Kasimov ham saxovat tadbirlarda faol ishtirok etdi. Xalq vakili partiya faollari bilan birgalikda "28-Lashkar" MFYdagi nogiron, keksa va kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi.
Muborak kunlar arafasida bu kabi tadbirlarni o‘tkazish, aholi ehtiyojmand qatlami holidan xabar olib, ularga saxovat va ko‘mak ko‘rsatish kabi savobli ishlar davom etmoqda.
O‘zLiDePdan saylangan Toshloq tuman Kengashi deputati Muxtorjon Meliboyev tashabbusi bilan "Sog‘lom oila-mustahkam oila" loyihasi doirasida Qashqarqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ushbu tibbiy ko‘rikda tor doiradagi bir qator mutaxassislar ishtirok etishib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib kilish, tibbiy madaniyatni shakllantirish va turli kasalliklarni oldini olish uchun tibbiy maslahatlar berildi. 3 nafar fuqaroga esa kasallikni erta aniqlash tashxisi sababli maxsus mutaxassislar ko‘rigiga tavsiya etildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Fikringizni qoldiring