Deputat saylovchilarning ko‘p yillik muammosini hal etdi
04.04.2022, 14:34

O’zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Azamjon Kasimov tomonidan saylov okrugida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinadi.
Navbatdagi sayyor qabulda “Lashkar” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Chamanzor, Buloqboshi va Qo‘qon ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida tashkil etildi.
Aholining ko‘p yillardan bo‘yon hal etilmayotgan ichki yo‘llar yozda chang tuproq, qishda esa loy bo‘lishi, yosh bolalar qishda maktabga borishga qiynalishini aytib, ko‘chalarni shag‘allashtirishda amaliy yordam so‘radilar.
Deputat murojaatni o‘rganib, ijobiy hal etishga kirishdi va 1100 metr masofa shag‘allashtirildi. Deputat kelgusida bu ko‘chalarni asfaltlashni ham oldiga maqsad qilib oldi.
O'xshash yangiliklar
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
Deputat tashabbusi bilan beton stolbalar o‘rnatilib, elektr simlari tortildi
24.01.2023, 14:22
-
Deputatlar sayyor qabulida 8 ta murojaat joyida hal qilindi
23.01.2023, 14:11
-
Xalq vakili poytaxtlik saylovchilar bilan uyma-uy yurib muloqot qildi
20.01.2023, 15:58
Fikringizni qoldiring