Shovotda o‘tkazilgan deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 7 ta murojaat nazoratga olindi

04.04.2022, 14:36

Shovotda  o‘tkazilgan deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 7 ta murojaat nazoratga olindi

Shovot tuman Kengashi deputatlari va tumandagi kichik biznes vakillari, xususiy tadbirkorlar va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish ishtiyoqida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda ko‘plab muammoli masalalar o‘rtaga tashlandi. Hamkor tashkilotlar vakillari, deputatlar, murojaatchilar bilan birgalikda ushbu muammolarni batafsil o‘rganib chiqib, ularni bartaraf etishga harakat qildilar. Muloqot doirasida 7 nafar tadbirkor murojaati qabul qilindi. Murojaatlarning 2 tasi yer olib tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha bo‘lganligi sababli tuman Fermerlar kengashi raisi Sh.Abduraximov shu yerning o‘zida kerakli tavsiya va ma’lumot berib o‘tdi. 

5 ta murojaat deputatlar nazoratiga olinadigan bo‘ldi. Jumladan, Qumyop mahallasida yashovchi B.Qurbonov Turkiya davlati bilan hamkorlikda intensiv bog‘ yaratish rejasi borligi, lekin yer masalasida bir qancha muammmolarga uchrayotganligini aytdi, bu masalani tuman kengashi deputatlari atroflicha muhokama qilib, ijobiy hal qiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Xamro Xudarberganov Shovot tuman Dehqon bozori hududi qish kunlari loy, yoz kunlari chang ko‘tarilishini, bozor hududida ta’mirlash ishlari olib borish va asfalt qilish lozimligi bo‘yicha ham deputatlarga murojaat qildi. Ushbu masalani tuman Kengashi deputati B.O’razov o‘z nazoratiga olib tuman hokimiga va dehqon bozori rahbariga deputat so‘rovlari bilan murojaat qilishini aytdi. 

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikrlar, takliflar umumlashtirildi. Murojaatlarning barchasi deputatlar nazoratiga olinadigan bo‘ldi.

B.Quryozov,

O’zLiDeP Shovot tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    346
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+