Deputat saylovchilarning muammolarini o‘z nazoratiga oldi

05.04.2022, 13:34

Deputat saylovchilarning muammolarini o‘z nazoratiga oldi

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Raxima Yuldasheva o‘zi saylangan hudud “Shabboz” mahalla  fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda 4 sektor rahbari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolari ishtirok etdi. 

 Uchrashuvda xalq vakili o‘z saylovchilariga Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi  to‘g‘risida”gi  Farmonining mazmun-mohiyati va joriy yilning 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari davomida belgilab bergan bir qator ustuvor vazifalar bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.  

Shuningdek, saylovchilarning muammo va takliflari ham tinglandi.   Jumladan, saylovchilar tomonidan gaz, elektr energiyasi taminoti, ichimlik suvi, tibbiy xizmat, yo‘llarni tamirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha muammolari borligi aniqlandi. 

Ko‘tarilgan muammolarning ko‘pchiligi joyida hal kilingan bo‘lsa, aksariyat muammolar tahlil kilinib, tegishli korxona va tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborishga kelishib olindi.  

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    533
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+