O'zLiDeP faollari Mo‘ynoq ko‘chalarini obod bo‘lishida o‘z hissalarini qo‘shmoqda

05.04.2022, 13:37

O'zLiDeP faollari Mo‘ynoq ko‘chalarini obod bo‘lishida o‘z hissalarini qo‘shmoqda

Joriy yilning 2 fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida "Yashil makon" umummilliy loyihasini davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangan bo‘lib, 1 martdan yurtimiz bo‘ylab  "Yashil yillik" umummilliy loyihasi joriy qilindi.    

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda boshlangan va ayni kunlarda qizg‘in tusga kirgan "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga  oshirishda O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tuman va shahar Kengashlari, deputatlar va partiya faollari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Ushbu xayrli ishlarda Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi "G’arbiy Davlat korxonasi" direktori, O'zLiDeP saylangan Xo‘jayli tuman Kengashi deputati Abdulla-Aziz Matchanov, korxona xodimlari va partiya faollari  Mo‘ynoq  tumanini yashil makonga aylantirishda o‘z  hissalarini qo‘shdilar.  

 Mazkur loyiha doirasida 200 tup manzarali daraxt ko‘chatlari  ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    599
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+