Xorazmlik talaba-yoshlar O'zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

05.04.2022, 13:44

Xorazmlik talaba-yoshlar O'zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi hamda Toshkent axborot texnolagiyalari universiteti Xorazm filiali va Urganch Davlat universitetlari  o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandum imzolandi.

Mazkur memorandumning asosiy maqsadi “Yangi avlod kadrlari” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bakalavr yoki magistratura bosqichlari bitiruvchi talabalarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritish,  hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta o‘qitish va pirovard natijada zamonaviy rahbarlar tayyorlash tizimini yaratish va muvofiqlashtirishdan iborat.

 Ushbu ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan shijoatli yigit-qizlar yaqin yillarda malakali rahbar-kadrlarga aylanish barobarida, minglab yoshlarni o‘zlarining ezgu g‘oyalari ortidan ergashtirishi va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari shubhasiz.

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    432
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+