O‘zLiDeP faolining xususiy korxonasida xotin-qizlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

06.04.2022, 14:26

O‘zLiDeP faolining xususiy korxonasida xotin-qizlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

O‘zLiDeP Shofirkon tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi  tomonidan ishbilarmonlik salohiyati, oilaviy tadbirkorlikni keng ommalashtirishga qaratilgan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida  talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, partiya faollari tumanning “Savrak” MFYda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirokida hunari ortidan o‘z tadbirkorligini boshlagan xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir ishtirokchilari “Ayollar qanoti” faoli, mohir tadbirkor, "Ishbilarmon ayol - 2021" ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi ishtirokchisi "Abdullayeva Xosiyat" xususiy korxonasi rahbari Xosiyat Abdullayevaning tikuv sexida bo‘lib, uning olib borayotgan ishlarini ko‘zdan kechirdilar.

12 ta yangi ishchi o‘rni yaratilgan korxonada rahbarlik qilayotgan X.Abdullayeva tomonidan ishtirokchilarga tikuvchilikning sir-asrorlarini o‘rgatuvchi mahorat darsi  o‘tkazib berildi. Sohada tadbirkorlikni boshlash istagidagi xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil tushuncha berdi.

Tadbirda  3 nafar ayollar partiya safiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    418
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+