BPT sarhisobi: Xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari mavjud

06.04.2022, 14:37

BPT sarhisobi: Xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari mavjud

Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi partiya quyi tuzilmalarida hisobot – saylov yig‘ilishlari tashkil etilmoqda. 

Oqdaryo tumanidagi “Dilafruz shifo” xususiy shifoxonasi qoshidagi BPT dagi yig‘ilishda aynan xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari joriy etilganligi borasida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilishda Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda quyi bo‘g‘inning joriy yil uchun ish-rejasi tasdiqlab olindi. Shuningdek boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda partiya deputatlik guruhlari bilan o‘zaro hamkorlik borasidagi vazifalari to‘g‘risida ham ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida partiyaning faol a’zosi, jonkuyar shifokor Abbos Axmedov boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi etib saylandi.

Kamola Axmedjanova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

boshlang‘ich tashkilotlari bilan ishlash

guruhi rahbari.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+