Samarqandlik yoshlar uchun qo‘shma korxonaga biznes tur tashkil etildi

06.04.2022, 14:38

Samarqandlik yoshlar uchun qo‘shma korxonaga biznes tur tashkil etildi

O’zLiDeP Samarqand tuman Kengashi tomonidan tadbirkorlikka qiziquvchi bir guruh yoshlar uchun tumandagi "SamRos" xolod qo‘shma korxonasiga biznes tur tashkil etildi.

Partiya xodimlari va tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarga korxona faoliyati tanishtirildi. Korxonada bugungi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan yirik hajmli muzlatkich ombori, shuningdek korxonada qurilish uchun yengil konstruksiyali sendvich paneli ishlab chiqarilmoqda. Yoshlar tomonidan korxona faoliyati va tadbirkorlikka oid berilgan savollariga javob olishdi.

E’tirof etildiki bu kabi tadbirlarning ko‘plab tashkil etilishi, yoshlarning tadbirkorllikka qiziqishini yanada oshiradi.

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    459
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+