“Taraqqiyot strategiyasi - mening nigohimda” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

07.04.2022, 14:45

“Taraqqiyot strategiyasi - mening nigohimda” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan Oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi – mening nigohimda» nomli ijodiy ishlar tanlovi yakunlandi.

Tanlov ayollar qanotining «Durdona» ma’rifiy loyihasi doirasida O’zLiDeP viloyat Kengashi, Navoiy Davlat pedagogika instituti, Navoiy shahar prokuraturasi va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda imzolangan kelishuvga ko‘ra tashkil etilgan. 

Yoshlar ongida so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni teran idrok etish va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish ko‘nikmalarini, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, nostandart fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, o‘z fikrini ijodkorona yetkazib bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida institutining faollar zalida o‘tkazilgan tadbirda yoshlar «Eng yaxshi maqola», «Eng yaxshi ijodiy she’r», «Eng yaxshi ijodiy rasm», «Eng yaxshi ijodiy qo‘l ishi», «Eng yaxshi ijodiy insho» nominatsiyalari bo‘yicha kelib tushgan yuzdan ortiq ijodiy ishlar namunalari orasida eng sara, deb topilgan ijodiy ishlar nominatsiyalar bo‘yicha 1-2-3-o‘rin g‘oliblari partiya targ‘ibot vositalari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Shuningdek, tadbirda partiya tomonidan joriy etilayotgan «Yangi avlod kadrlari» loyiha taqdimoti o‘tkazildi. 

Loyihaning maqsad va vazifalari yoshlarga tushuntirildi.

Sh.Shokirova,

O’zLiDeP Navoyi viloyat Kengashi

ayollar siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni

va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    517
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+