Urganchlik yoshlar ishtirokida tadbirkorlik sub’ektlariga biznes tur tashkil qilindi

07.04.2022, 15:14

Urganchlik yoshlar ishtirokida tadbirkorlik sub’ektlariga biznes tur tashkil qilindi

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi tashabbusi bilan Urganch tumani “Oqariklar” mahallasida biznes tur tashkil qilinib, mahalla yoshlari va kasb-hunar maktabi bitiruvchilari tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

“Oqariklar” mahallasida yashovchi San’at Matyakubov ko‘p yillar quruvchi bo‘lib ishlagan ammo sog‘ligidagi muammolar sabab ishsiz daromadsiz bo‘lib qolgan edi. Mahalladagi hokim yordamchisi ko‘magi bilan o‘z hovlisidagi 3 sotix yerda koliforniya chuvalchangini parvarishlab, biogomus tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan. 30 mln imtiyozli kredit olib faoliyatini boshlaganiga hali unchalik ham ko‘p bo‘lmasada anchagina natijaga erishgan. Hozirda chuvalchanglar ko‘paygani sari biogomusni ko‘proq miqdorda aholi tomorqalariga va issiqxonalarga yetkazib berish imkoniyatiga ega.

Tadbir davomida tadbirkor yoshlarga mazkur chuvalchangni parvarishlash usullari va sifatli biogomus tayyorlash sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu yo‘nalishga qiziqqan yoshlarga o‘zining tadbirkorligini boshlash bo‘yicha tavsiyalarini berdi, o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi hamda ularga ko‘maklashadigan bo‘ldi. 

Biznes tur ishtirokchilari mazkur mahalladagi do‘mboq jo‘jalar yetishtiradigan va ichki bozorni sifatli parranda go‘shti bilan ta’minlab kelayotgan Bekbergan Mattiyev xonadonida ham bo‘ldilar. O’z uyida 1500 gacha do‘mboq jo‘jalarini yetishtirishga sharoit yaratgan mazkur tadbirkor faoliyati ham yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Yoshlar parrandachilik borasida bilimlarini mustahkamlash bilan birga mazkur yo‘nalishning sir asrorlarini ham o‘rgandilar. Parrandachilik bilan shug‘ullanishni niyat qilgan yigit-qizlarga faoliyatni nimadan boshlash kerakligi va qanday bilimlarga ega bo‘lish zarurligi xususida ham tadbirkor o‘z tavsiyalarini berdi.

Tadbir yakunida tadbirkorlikning mazkur yo‘nalishlariga qiziqqan yoshlar tadbirkorlarga biriktirilib, yanada chuqurroq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga kelishib olindi.

Shahnoza Yakubova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    480
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+