“Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

11.04.2022, 15:22

“Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Buxoro tumanida “Sog‘lom oila - mustahkam oila” partiyaviy loyihasi  doirasida tibbiy-ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirda “Temir” va “Ayollar” daftari ruyxatida turuvchi 45 nafarga yaqin xotin-qizlar, bolajonlar terapevt, lor, okulist boshqa xastaliklarni davolovchi malakali shifokorlar qabulida bo‘lishdi. Ular UZI apparatidan o‘tkazildilar hamda mutaxassis vrachlarning tegishli maslahat hamda tavsiyalarni, tibbiy muolajalarni oldilar.

Tibbiy-ko‘rik doirasida 10 million so‘mlik 7 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. Bunday tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zda tutilgan maqsad- xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, ularning ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

  • Ko'rildi
    435
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+