O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollar uchun mahorat darsi tashkil qildi

12.04.2022, 15:20

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollar uchun mahorat darsi tashkil qildi

O‘zLiDeP Buxoro shahar Kengashi “Ayollar qanoti” faoli, “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘olibi Dilorom Fayziyeva “Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori!” loyihasi doirasida tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollar uchun mahorat darsi tashkil qilib berdi.

Dastlab 25 nafar ayol ishtirokchilar issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Buxoro tumani “So‘fikogar” MFY hududidagi 4 gektardan iborat tashlandiq yer maydonini o‘zlashtirish hisobidan barpo etilgan issiqxona o‘z faoliyatini “Hamkorbank” viloyat filialining 2 milliard 140 million so‘mlik kredit asosida yo‘lga qo‘ygan. Ushbu issiqxona Xitoy davlatidan olib kelingan uskunalar bilan jihozlangan.

Issiqxonada  eksportbop pomidor yetishtirish bilan birga 300 tupdan iborat limon daraxtlari ham parvarish qilinmoqda. 2021 yilda pomidordan 200 tonna mahsulot olingan bo‘lib, erishilayotgan daromaddan ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari berib kelinmoqda.

Bu yerda jami 12 ta doimiy, 40 ga yaqin mavsumiy ish o‘rni yaratilgan.

  • Ko'rildi
    486
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+