To‘rtko‘l va Ellikqal’ada aholi tomorqalari ko‘zdan kechirildi
12.04.2022, 15:33

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidagi “O’zbekiston” ovul fuqarolar yig‘ini tumandagi eng yirik mahallalardan biri sanaladi. Mazkur mahallada 3 ming 504 ta tomorqa xonadonlari mavjud bo‘lib, tomorqachilar asosan sabzavotchilik bilan shug‘ullanadi.
E’tiborli tomoni tomorqalarida yetishtirilayotgan sabzavotlar ichki bozordan tashqari Buxoro va Xorazm viloyatlariga, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga ham eksport qilinmoqda.
O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh mazkur ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlaridagi tomorqalari ko‘zdan kechirildi.
Ishchi guruh vakillari O’rinboy aka Radjapovning xonadoniga tashrif buyurdi. Xonadon egasining ixcham issiqxonasida yetishtirilayotgan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini yetishtirish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi, oilaning bugungi kundagi daromadi va faoliyatini yanada kengaytirish borasida maslahat va tavsiyalari berildi.
O’rganishlar davomida ushbu hududda “Biogomus” ishlab chiqaruvchi “To‘rtko‘lli xasan-xusan” MChJ faoliyati bilan tanishildi. Tadbirkorga o‘z ishini yanada rivojlantirish uchun Kengash huzuridagi jamg‘arma hisobidan 300 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.
O’rganish ishlari davomida ishchi guruh a’zolari yana bir xonadon egasi Nasiba opa Matyaqubovaning tomarqasini ko‘zdan kechirdi. Uy oldi tomorqasini shudgorlash va ko‘chat ekish uchun ehtiyoj borligi aniqlanib, shu joyning o‘zida yer shudgorlab berildi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida uzum va mevali ko‘chatlar o‘tqazildi.
Ishchi guruh vakillarining keyingi manzili Ellikqal’a tumanidagi “Tozabog‘” OFY hududidagi “Navbahor” mahallasi bo‘lib, “EL AGRO TAMORQA CLUSTER” MChJ faoliyati bilan ham tanishdi. Shuningdek, ushbu mahallada o‘z tomorqasini qarovsiz holga tashlab qo‘yilgan xonadon sohiblari bilan suhbatlashildi. Xonadon egalariga yerni shudgorlash va ekin ekishda ko‘maklashildi.
“Paxtachi” mahallasidagi na’munali xonadon egasi Ro‘zimbetov Sa’dullaning tomorqasini ko‘zdan kechirishdi. 22 sotixlik tomorqasining 10 sotixida issiqxona qurilgan bo‘lib, limon, sabzavot, ko‘katlar ekilgan. Bundan tashqari intensiv usulda baliqchilikni ham yo‘lga qo‘ygan, bir yillik daromadi o‘rtacha 300 mln so‘mni tashkil qiladi. Shuningdek, tomorqa yerida biogomus kaliforniya chuvalchanglarini ham yetishtirayotganligini guvohi bo‘lishdi.
Yana bir xonadon egasi Anvar Ro‘zimbetov ham 30 sotixlik tomorqasining 15 sotixida issiqxonasi mavjud. Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Xonadon egasi tomorqadan olayotgan daromadi yiliga 60-70 mln so‘mni tashkil qiladi.
Anvar Ro‘zimbetovning tomorqasida har xil sabzavotlar ekilgan bo‘lib, shu yerning o‘zida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi. Tumanda faoliyat yuritayotgan «Tomorqa xizmati» MChJlarning aholi bilan birgalikdagi ishlari to‘g‘risida tavsiyalar berildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Asakalik tomorqachi ayol 18 sotix yerdan yiliga 120 million so‘mga yaqin daromad topmoqda
02.03.2023, 15:23
-
Termizlik tomorqachi issiqxonadan qanday daromad topishni yaxshi biladi
28.02.2023, 18:53
-
Sarishtali xonadonda baraka bo‘ladi
27.02.2023, 12:56
-
Yangiqo‘rg‘onlik oilaviy tadbirkorning xonadonida mahorat darsi tashkil qilindi
24.02.2023, 12:02
-
Nishonda “Issiqxona mahorat maktabi” tashkil etiladi
20.01.2023, 16:00
Fikringizni qoldiring