Surxondaryolik talaba yoshlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

12.04.2022, 16:21

Surxondaryolik talaba yoshlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

"Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi ham vohadagi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatmoqda. Shunday hamkorlikning samarasi o‘laroq bugun partiya viloyat Kengashi Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti yoshlarini mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish, talabalarni siyosiy jarayonlarga faol ishtirokini ta’minlash, siyosiy partiyalar faoliyati bilan ularni yaqindan tanishtirish maqsadida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandumga ko‘ra partiya hududiy kengashi davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash borasidagi ishlarni amalga oshiradi.

  • Ko'rildi
    538
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+