O’zLiDeP va UrDU talaba-yoshlari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

12.04.2022, 16:22

O’zLiDeP va UrDU talaba-yoshlari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi va Urganch davlat universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi imzolangan memorandum asosida universitetda “O’zLiDePning Yangi avlod kadrlari” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘z olgan partiya vakillari hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta o‘qitish va pirovard natijada zamonaviy rahbarlar tayyorlash tizimini yaratish maqsad qilinganligini ta’kidlashdi.

Taqdimot yakunida talabalar partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritildi.

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

axborot xizmati

  • Ko'rildi
    590
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+