“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida samarqandlik talaba yoshlar ishtirokida muloqot o‘tkazildi

13.04.2022, 13:22

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida samarqandlik talaba yoshlar ishtirokida muloqot o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, partiya boshlang‘ich tashkiloti raisi, partiya faoli Yulduz Urunbayeva tashabbusi bilan O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamkorligida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida institutning talaba yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, mamlakatimizda ham ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda.

Loyihadan maqsad - Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan usuvor vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, ularni siyosiy partiyalar faoliyati bilan tanishtirish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash, yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etishdan iborat.

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida partiyaviy loyihalarning ahamiyati, unda yoshlarning ham faolligini yanada oshirish masalasi bo‘yicha ularning ham fikr va takliflari tinglandi. Qolaversa institutning bir qator talaba yoshlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Jaxongir Xujamkulov,

 O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    386
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+