Poytaxtlik yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi

13.04.2022, 13:25

Poytaxtlik yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes  tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi hamda O’zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi bilan hamkorlikda P.Benkov nomidagi Respublika Rassomchilik maktabida “Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash” mavzusida yoshlar va aholiga yetkazishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman deputati Manzura  Valiyeva, tuman mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Shuhrat Xolboyev, tuman Adliya bo‘limi bosh yurist konsultanti Charos G’aniyeva ishtirok etishdi.

Tadbirda Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati ham tushuntirib o‘tildi.

Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

  • Ko'rildi
    488
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+