Sayyor qabulda deputatga qilingan 15 ta murojaat ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi

13.04.2022, 15:22

Sayyor qabulda deputatga qilingan 15 ta murojaat ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi

Saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etishda sinalgan vositalardan biri.

“26-Xayrobod” saylov okrugi hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Elyor To‘raqulovni jonkuyar, el-yurt tashvishini o‘ylab yashaydigan, murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaydigan deputat sifatida yaxshi bilishadi.

Shu sabab, Fayzobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 55-umumta’lim maktabi majlislar zaliida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul ham aholi bilan gavjum bo‘ldi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda mahalla aholisi, ayniqsa, tadbirkor va fermerlar, yoshlar bandligi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida aholidan 15 ta murojaatlar tushgan bo‘lsa, ularning aksariyati shu yerda hamkor tashkilot vakillari ishtirokida batafsil muhokama qilinib, ijobiy hal etildi.

Masalan, Fayzobod MFY hududidagi ichimlik suvi liniyalari yorilib, yaroqsiz bo‘lib qolganligi va uni yangisiga almashtirish yuzasidan Ilhom Ibragimovning, Obihayot dahasining 1,7 km dagi tabiiy gaz liniyasini yangisi bilan almashtirish hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha Saidqul Aliqulovning murojaatlari mutasaddi tashkilotlar nazoratiga olindi.

 Gulhayo Jonzoqova esa Jizzax shahar “Ishga marhamat” Monomarkazida kompyuter dasturlash bo‘yicha 3 oylik kursini tamomlaganini aytib, ishga joylashtirishda yordam so‘rab deputatga murojaat qildi. Gulhayoning murojaati ham mutasaddilar nazoratiga olinib, ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

 Sayyor qabul davomida shuningdek, mahallalarda, aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy, yakka va xususiy tadbirkorlikni keng jalb etish, bu borada hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarda ko‘makdosh bo‘lish vazifalari haqida ham mahallaning hurmatli insonlari, tajribali tadbirkor va fermerlar bilan alohida maslahatlashib, amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va

biznes tuzilmalari bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    466
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+