Deputat sayyor qabulida ko‘tarilgan muammolar nazoratga olindi
13.04.2022, 15:28

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi deputati Shaxnozaxon Siddiqova tomonidan “Simtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 20 nafara yaqin fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammolar o‘rnida hal etilishiga erishildi.
Jumladan, “Obihayot” ko‘chasidagi 2-guruh nogironi G.Ibragimova dori-darmonlar olish uchun mablag‘i yo‘qligi bo‘yicha qilgan murojaati 2-oilaviy poliklinika tomonidan bepul ta’minlandi.
“Sadaf” va “Xidoyat” ko‘chalariga chiroqlar o‘rnatish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar ham tegishli tashkilotlar orqali ijobiy yechim topdi.
Shuningdek, deputatga “Chamanzor” ko‘chasida yashovchi D.Temirova uyi ta’mirtalab ekanligi yuzasidan murojaat qilgan edi. Hozirda murojaatchining uyi deputat va tadbirkorlar yordamida ta’mirlanmoqda.
Muddat talab etadigan murojaatlar esa tegishli mas’ullarga biriktirilib, deputat tomonidan ijrosi nazoratga olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
Deputat tashabbusi bilan beton stolbalar o‘rnatilib, elektr simlari tortildi
24.01.2023, 14:22
-
Deputatlar sayyor qabulida 8 ta murojaat joyida hal qilindi
23.01.2023, 14:11
-
Xalq vakili poytaxtlik saylovchilar bilan uyma-uy yurib muloqot qildi
20.01.2023, 15:58
Fikringizni qoldiring