Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi

14.04.2022, 14:01

Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan “Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar,
mavjud muammolar va ularning yechimlari” mavzusida onlayn muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda OʼzLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Oliy ta’limda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan o‘zgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega.

Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda katta ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi, hatto xalqaro maydonda ham mamlakatimiz obro‘-e’tiborini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu borada qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Birgina Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” da yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishda kelgusi 5 yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar o‘z aksini topdi.

Xususan, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2030 yilda 50 foizga yetkazish, shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar ko‘paytirish; oliy ta’limning qamrov darajasini bosqichma-bosqich oshirish, tizimda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘quv yuklamalarini maqbullashtirish, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish; oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilarning maoshini oshirilishi oliy ta’lim islohotlarining dastlabki natijalaridir.

Biroq oliy ta’lim tizimida yutuqlar bilan bir qatorda hali yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Jumladan, yoshlarni ta’lim muassasalariga qabul qilish, ta’lim olish, talabalarni barcha yo‘nalishlarda qo‘llab - quvvatlash, talabalarning qo‘shimcha daromad topishi, yotoqxona bilan ta’minlanishi, ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish bo‘yicha bir qator qaror va farmonlar qabul qilingan bo‘lsada, natijador deb aytish mushkul.

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning “Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, sohani yanada takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

  • Ko'rildi
    1857
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+