Deputat targ‘iboti natijasida tadbirkorlik sub’ektida quyi bo‘g‘in ochildi

14.04.2022, 14:40

Deputat targ‘iboti natijasida tadbirkorlik sub’ektida quyi bo‘g‘in ochildi

O’zLiDeP Sergeli tuman Kengashi va deputatlar “REZALIT KOLOR” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurib, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishdi. Natijada 14 nafar xodimlar partiya safiga kirishlarini bildirdilar va a’zo bo‘ldilar hamda yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.

Hozirgi kunda partiya faollari va deputatlar zamon bilan hamnafas bo‘lib, olib borilayotgan islohotlarda o‘zlarini kamtarona hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning jonajon mamlakatimiz oldidagi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog‘liqdir. Vatan taraqqiyoti, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida barchamiz birlashib, sidqidildan xizmat qilish oliy saodatdir. Partiyaning  Birgalikda biz kuchmiz! hamda Bitta maqsad bizni birlashtiradi – vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi! shiorlari partiya faollarimizga shijoat ruhini bermoqda. Targ‘ibot tadbirlari joylarda davom etmoqda.

O’zLiDeP Toshkent shahar kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+