Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumida 300 nafarga yaqin fuqarolar o‘z murojaatlari bilan qatnashdi
14.04.2022, 14:42

Farg‘ona tumanining chegara hududida joylashgan “Ho‘rava” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Qadrdon” qishlog‘ida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” Forumi o‘tkazildi.
Tadbirda O`zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi vakillari, mahalliy kengash deputatlari, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, tijorat banklar, soliq, Davlat hizmatlari va Aholi bandlikka ko‘maklashishi markazlari, Elektr tarmoqlari, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim bo‘limlari vakillari ishtirok etdilar.
Forumda 300 nafarga yaqin aholi vakillari o‘z murojaatlari bilan qatnashdi. Bugungi kunda aholini qiynab kelayotgan masalalar va ularning yechimi borasida takliflar berildi.
Muloqot davomida mahalladagi ko‘chalarni asfalt qilish, maktab va bog‘cha qurib berish, ehtiyojmand oilalarga davolanish uchun tibbiyot markazlariga yo‘llanmalar olish, endi tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun yer va kreditlar ajratib berish, subsidiyalar olish kabi 100 ga yaqin murojaatlar ko‘tarildi. Ushbu murojaatlarning aksariyati joyida mutasaddi rahbarlar orqali hal qilingan bo‘lsa, muddat talab qiladigan muammolar yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tuman Kengashi deputatlari tadbirkorlar va aholi tomonidan havola etilgan murojaatlarni o‘z joyida o‘rganib chiqib mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltiradigan bo‘ldi, shuningdek o‘ndan oshiq deputatlik so‘rovlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlandi.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi O’zbekistonga yangi konstitutsiya kerak!
30.06.2022, 16:46
-
Referendum eng demokratik yondashuvdir
24.06.2022, 15:15
-
Deputatlik eshituvi: Marhamatda aholiga tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi
22.06.2022, 18:12
-
Baliqchida mahalla binolar bilan ta’minlanish holatlari yuzasidan mas’ul rahbarning hisoboti eshitildi
20.06.2022, 16:31
-
“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida 15 nafar ishsiz ayollar o‘qitilib, sertifikatlar berildi
06.06.2022, 17:49
Fikringizni qoldiring