Ishchi guruh faoliyati: Ta’lim sohasidagi islohotlar muhokama qilindi

15.04.2022, 13:15

Ishchi guruh faoliyati: Ta’lim sohasidagi islohotlar muhokama qilindi

O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish choralari masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Andijon viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlari, viloyatimizdagi Oliy ta’lim muassasalaridan mas’ul xodimlar, partiya faollari, boshlang‘ich partiya tashkiloti raislari, yoshlar ishtirok etdi.

Seminarni O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminar davomida oliy ta’limdan taklif etilgan katta o‘qituvchilar, fan doktorlari, dotsentlar o‘z ma’ruzalarida, joriy yilda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish, aynan shu yil yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish kabi maqsadda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati, amal qilish mexanizmi, shuningdek, Andijon Davlat Universitetida yangi ochilayotgan yo‘nalishlar haqida  yetarlicha ma’lumot berdilar.

  • Ko'rildi
    615
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+