Chimboylik 50 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

15.04.2022, 13:19

Chimboylik 50 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan  o‘tkazildi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oila - mustahkam oila” loyihasi doirasida “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” mavzusida Chimboy tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinikada xotin-qizlar orasida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Maqsad esa xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuqori bosqichga ko‘tarish, ularninng ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Chimboy tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinikada bugungi kunda 120 nafar tajribali tibbiyot sohasi xodimlari aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur ko‘p tarmoqli poliklinika tuman aholisining salomatligini mustahkamlash maqsadida zamonaviy tibbiy asbop-uskunalar bilan ta’minlangan.

O’tkazilgan uchrashuv davomida tajribali tibbiyot xodimlari tomonidan mahalladagi 50 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    718
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+