Navoiyda BPT sarhisob yig‘ilishlari yakuniga ko‘ra 36 nafar quyi bo‘g‘in faoliyati qoniqarsiz, deb topildi

15.04.2022, 13:20

Navoiyda BPT sarhisob yig‘ilishlari yakuniga ko‘ra 36 nafar quyi bo‘g‘in faoliyati qoniqarsiz, deb topildi

Ma’lumki, O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasining qaroriga asosan joriy yilning 15 fevralidan 15 apreliga qadar joylarda o‘tkazilishi belgilangan hisobot saylov yig‘ilishlari boshlang‘ich partiya tashkilotlarda tasdiqlangan reja asosida ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Navoiyda ham jami 54423 a’zoni o‘z ichiga olgan 752ta boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Yig‘ilishlar bo‘yicha har kunlik monitoring ishlar olib borilib, quyi bo‘g‘in yetakchilarining 2021 yil davomidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglanib, shunga ko‘ra yetakchi va o‘rinbosarining ushbu ma’suliyatli vazifada qolish qolmasligi hamda “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va “2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”dagi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda joriy yilda amalga oshirishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalari tasdiqlanib olindi.

Sarhisob yig‘ilishlariga 28 128 nafar a’zolarimiz qamrovga olinib, umumiy a’zolarning 51,6 foizini tashkil etdi. Shuningdek, mahalliy kengashlarda faoliyat yuritayotgan 107 nafar deputatdan 64 nafarining  yig‘ilishlardagi ishtiroklari ta’minlandi.

Bundan tashqari, tahliliy-tanqidiy ruhda kechgan yig‘ilishlar davomida 2021 yil davomida faoliyatlari qoniqarsiz, deb topilgan 36 ta BPT raislari o‘rniga yosh shijoatli tashabbuskor faollar orasidan yangi yetakchilar saylab olingan bo‘lsa, 716 nafar yetakchilarga qaytadan ishonch bildirildi. Eng asosiysi, joylardagi quyi bo‘g‘inlar xatlovdan o‘tkazilib, faollar bilan yanada yaqin aloqalar o‘rnatilishiga erishildi, ularning taklif va tavsiyalari olinib, kelgusida boshlang‘ich partiya tashkilotlari joylashgan tashkilot, xususiy sektor yoki boshqa manzillardagi holatlarning muhitidan kelib chiqib tizimli ravishda e’tibor qaratilishi belgilandi. 

B. Qo‘chqorov,

O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    224
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+