Ishchi guruh faoliyati: Toyloq tumanida chorvachilik imkoniyatlari o‘rganildi

15.04.2022, 13:23

Ishchi guruh faoliyati: Toyloq tumanida chorvachilik imkoniyatlari o‘rganildi

Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat hamda Toyloq tuman Kengashlari, tuman Fermerlar Kengashi, Tuman Veterinariya bo‘limi, Veterinariya ilmiy tekshirish instituti olimlari bilan hamkorlikda Toyloq tumanida 2014 yilda tashkil etilgan Siyob – Shavkat – Orzu fermer xo‘jaligi tasarufidagi chorva kompleksida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining chorvachilik va ozuqa bazasini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yo‘nalishi borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Veterinariya ilmiy tekshirish instituti olimlari ishtirok etgan ushbu tadbirda chorvachilik sohasida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikrlar yurtildi.

Ushbu sohani yanada rivojlantirishda Prezidentning 2022 yil 8 fevraldagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra ozuqa bazasini yetishtirish uchun sug‘oriladigan yer maydonlari yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan tumanlarda go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan iste’mol talabini to‘liq qondirish maqsadida kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish kabi barcha imtiyozlar qo‘llanilmoqda.

Seminar davomida mazkur chorvadorning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Bugungi kunda mazkur chorvachilik kompleksida 2500 bosh qoramolning Germaniyadan keltirilgan sut yo‘nalishidagi Golshtin zotlari boqilmoda. Mazkur zotdor sigirlardan bir kunda 25 tonnagacha sut sog‘ib olinadi. Tumandagi 67 nafar  yoshlar va xotin – qizlarning bandligi ta’minlangan.

Tadbir yakunida xamkor tashkilotlarga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    709
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+