Ishchi guruh faoliyati: Chilonzorda “Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasi bo‘lib o‘tdi
15.04.2022, 13:25

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, havo ifloslanishi keltirib chiqarayotgan xastaliklar tufayli har yili dunyoda 7 mln.dan ziyod odam vafot etyapti. Mamlakatimiz uchun ham atrof-muhit musaffoligini saqlash g‘oyat muhim masala. Tabiatni asrash, daraxtzorlarni ko‘paytirish faqat ayrim tashkilotlar emas, balki barchaning yumushiga aylanayotgani quvonarli.
Kecha poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Beshchinor” mahallasi hududida partiyamiz vakillari 80 dan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar.
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining oltinchi ustuvor yo‘nalishidan Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududga aylantirish, ko‘kalamzorlashtirish darajasini shu yili 15 foizga yetkazish maqsadi ham o‘rin olgan. Mazkur ustuvor yo‘nalishda belgilangan vazifalar amalga oshirilishiga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zLiDeP deputatlari, faollaridan iborat ishchi guruhi yuqorida bayon etilgan xayrli ishga bosh-qosh bo‘ldilar.
“Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilishida boshqalar qatorida Chilonzor tuman kengashiga partiyamizdan saylangan deputat, ishchi guruh a’zosi Sherzod Ishnazarovning ham tashkilotchilik qobiliyati, saxovatpesha insonligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ishchi guruh boshqa hududlarda ham “yashil” maskanlarni ko‘paytirish borasida targ‘ibot ishlari va ko‘chat ekish aksiyalarini tizimli ravishda amalga oshiryapti.
O'xshash yangiliklar
-
“O’zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati keng aholi vakillari orasida targ‘ibot qilinmoqda
15.09.2023, 18:46
-
Ishchi guruh Sirdaryoda nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordi
22.08.2023, 11:12
-
Andijonda quyosh panellari o‘rnatilgan mehmonxonada amaliy seminar tashkil qilindi
20.02.2023, 12:26
-
Ishchi guruhlarimiz vakillari davlat dasturi loyihasi uchun ko‘plab jo‘yali takliflar bildirdilar
14.02.2023, 10:58
-
Yetishtirilgan 113 millionta ko‘chat, yer sotib olayotgan ayrim odamlarning nomaqbul ishlariga chek qo‘yish bo‘yicha taklif...
16.12.2022, 15:40
Fikringizni qoldiring