Chimboylik mahalla xotin-qizlari uchun tadbirkorlik sub’ektlariga biznes tur tashkil qilindi

15.04.2022, 13:28

Chimboylik mahalla xotin-qizlari uchun tadbirkorlik sub’ektlariga biznes tur tashkil qilindi

Har qanday jamiyatning asosiy ko‘zgusi – shubhasiz bu xotin-qizlardir. Qaysi bir sohaga ko‘z tashamaylik, xotin-qizlarimiz har bir jabhada faol va tashabbuskor.

Chimboylik fermer, O’zLiDeP faoli, “Ishbilarmon ayol - 2020” ko‘rik-tanlovining O’zbekiston Respublikasi bosqichining 2-o‘rin sohibi Gulnur Aqыlbekova ham fermerlik faoliyatini 2017 yildan boshlagan.

Besh yildan buyon boshqarib kelayotgan "Aqыlbekova Gulnur"  fermer xo‘jaligi Chimboy tumanida qizil miya ildizini yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi.

Fermer opa bu bilan cheklanib qolmay, 2017 yilning sentabr oyida bo‘sh turgan ob’ektga 271 mln so‘mlik va 17 nafar kishini ish bilan ta’minlash maqsadida investitsiya kiritish sharti bilan tenderda ishtirok etdi.

 Ikki qavatli imoratning birinchi qavatida xizmat ko‘rsatish hamda ikkinchi qavatida kardiologiya va terapiya bo‘limi tashkil qilinib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Fermer Gulnur opa faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida yaqinda BMT tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini tabiiy va sifatli ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihada qatnashib, 250 mln so‘mlik asbop-uskunalarni keltirdi, bugungi kunda aholiga sifatli pechene mahsulotlarini chiqarmoqda.

O’zLiDeP vakillari, mahalla xotin-qizlari tadbirkor opaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tumandagi “Ayollar daftari” da ruyxatda turgan 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, partiyamizning saylovoldi dasturida ham tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bir qator maqsadlar o‘rin olgan. Partiya vakillari tadbirkor opaning faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, kelgusi rejalari, taklif va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    532
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+