Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi yangi maqsadlar sari

15.04.2022, 13:32

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi yangi maqsadlar sari

So‘nggi yillarda yurtimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholini sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham fuqarolarning sog‘lig‘ini asrab-avaylash masalasi eng muhim vazifalardan biri etib belgilanganini alohida ta’kidlash lozim.

Unga ko‘ra, o‘zimizda ishlab chiqarilgan dori-darmon va tibbiyot vositalarining miqdori 80 foizga yetkazilishi, tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlar yana 5 yilga uzaytirilib, zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalari tashkil etilib, mavjudlarini yanada rivojlantirish rejalashtirilgandi.

Kuni kecha davlatimiz rahbari xalqimiz hayotida o‘ta muhim o‘rin tutuvchi soha bo‘lgan farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishi ham ushbu yo‘nalishdagi farovonlikka xissa qo‘shishi muqarrar.

Unda farmatsevtika tarmog‘idagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandiki, bunda biz mazkur sanoattni rivojlantirishga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirishning muhim omili deb qarovchi partiyamiz dasturiy maqsadlari ro‘yobini ko‘rdik.

Xususan, tarmoqdagi eksport masalasi muhokama qilinar ekan, uning katta qismi Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘layotgani alohida qayd etildi.

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasidagi “UZGERMED PHARM” korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorni mahalliy dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan yanada ko‘proq to‘ldirish uchun respublikamizning farmatsevtika sohasini rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Yig‘ilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kungacha dori va tibbiy vositalar ishlab chiqarish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan xomashyolar ro‘yxati beshta idora tomonidan tasdiqlanar edi. Endilikda bu ro‘yxat uchta – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanishi belgilandiki, bu o‘z navbatida ishlab chiqaruvchilar uchun qator yengilliklarni yaratdi.

Bir so‘z bilan aytganda, yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan har bir masalada farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, farmatsevtika sanoatining har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashda o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib olgan partiyamiz deputatlari ham faollik ko‘rsatadi.

Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini samarali tashkil etish, sanoat plantatsiyalarini yaratish va dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha maqsadli dasurlarni amalga oshirish singari masalalar partiyamiz saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarga uyg‘un holda o‘z ijobiy yechimini topdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

To‘lqinjon Fayziyev,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Toshkent viloyat

Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    692
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+