O’zbekiston mintaqaviy IT markaziga aylanadi

15.04.2022, 14:49

O’zbekiston mintaqaviy IT markaziga aylanadi

Bugun biror bir soha taraqqiyotini axborot texnologiyalaridan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sabab, taraqqiyot strategisida raqamli iqtisodiyotni drayver sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oshirish va eksportni 500 million dollarga yetkazish bo‘yicha katta maqsad qo‘yilgan.

14 aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022 yildagi rejalari muhokama qilinar ekan, sohadagi bir qancha yechimini kutib turgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

Misol uchun, hududlarning optik tolali internet bilan qamrab olish darajasi past — 72 foiz; 118 ta olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman yetib bormagan shuningdek, magistral avtomobil yo‘llarning atigi 38 foizi mobil internet bilan qamrab olingan hududlarda internet sifati va tezligi pastligicha qolmoqda. «O’zbektelekom»ning daromadlari va samaradorligi boshqa mamlakatlar kommunikatsiya kompaniyalaridan ancha past. Biroq, sohada nafaqat muammolar, balki ishga solinmagan imkoniyatlar ham ko‘p.  

Yig‘ilishda bu muammolarni hal etish yuzasidan vazirlik va tashkilotlarga bir qator vazifalar yukladi.

Endilikda vazirlik rahbariyati har hafta tumanga, qishloqqa, mahallaga, korxonalarga borib, joylardagi muammolarni o‘rganadi va hal etib boradi. har bir vazirlik, idora va hokimlarning IT’ga mas’ul o‘rinbosari AKT vaziriga bo‘ysunadi, ularning ishi har chorakda aniq natijalarga qarab baholanadi.

Prezidentimiz O’zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qo‘ygan.  Buning uchun esa IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga yetkazish, ichki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga o‘sishini ta’minlash, joriy yilda qolgan 6 ta hududda ham IT parklarni to‘liq ishga tushirish va malakali kadrlar bilan ta’minlash, qolganlarida kamida 20 tadan kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ayni paytda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashida belgilab berilgan bu vazifalarni keng targ‘ib qilish, joylarda yoshlarni axborot texnologiyalariga o‘qitishni tashkillashtirish borasida, partiyamiz faollari, ayniqsa, deputatlarimiz tomonidan amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Dilshod Tursunboyev,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+