O'zLiDeP faollari rahbarlik qilayotgan yetakchi korxonalar hamda Buxoro davlat universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

18.04.2022, 15:53

O'zLiDeP faollari rahbarlik qilayotgan yetakchi korxonalar hamda Buxoro davlat universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Buxoro davlat universitetida oliy o‘quv yurti, bandlik markazi hamda agronomiya va biotexnologiya fakulteti talabalari ishtirokida viloyatdagi bir qator tadbirkor ayollar rahbarlik qilayotgan korxonalar safini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Unda universitet rektori Obidjon Hamidov so‘z olib, O'zLiDeP faollari –O’zbekiston “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiyatsiyasi viloyat bo‘limi raisi Dilbar Axmedova, “Banoaz tekstil”, “Fayz qurilish mollari”, “Zamin madad tayyorlov savdo” MChJlari rahbarlari Maxtob Odilova, Dilorom Fayziyeva va Mamlakat Sodiqovalarning hayot yo‘llari va ijtimoiy foydali mehnat faoliyatlari bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirdi. Bu tadbirkor ayollar tomonidan keyingi paytda erishilgan yutuqlar soha xodimlari uchun hayot maktabi vazifasini o‘tashini ta’kidladi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqotda sohada yuqori natijalarga erishgan ayollar tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.

Ular o‘z navbatida korxonalaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga yoshlarni ishga taklif etdilar. Shu tariqa Prezidentimizning mazkur masala bo‘yicha belgilangan tavsiya va ko‘rsatmalari ham viloyatdagi yetakchi oliy o‘quv yurti-Buxoro davlat universiteti misolida amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Shu kuni O'zLiDeP faollari rahbarlik qilayotgan yetakchi korxonalarning har biri bilan Buxoro davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

 

  • Ko'rildi
    628
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+