O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashining birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

18.04.2022, 15:54

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashining birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi majlislar zalida ushbu  Kengashining 2022 yilning 1-choragida belgilangan reja-topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya viloyat, tuman (shahar) Kengashlari hamda partiya deputatlik guruhlari  tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek BPTlarda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishlari yakunlari muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilishda O’zLiDeP viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, partiya viloyat, tuman va shahar Kengashlari mas’ullari, yirik korxona tashkilotlaridagi BPT raislari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishini O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Aminov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha partiya viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari –apparat rahbari B.Ochilovning axboroti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida O‘zLiDeP viloyat, tuman va shahar Kengashlarida partiyaning barcha yo‘nalishlarida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlaridagi faoliyatini yaxshilash talab etilmoqda. Mahalliy Kengash deputatlarimiz aholini qiynayotgan va yechimini kutib qolgan muammo hamda masalalarni har doim ham mahalliy Kengash sessiyalari muhokamasiga kiritayotganlari yo‘q. O’tgan davr ichida Buxoro shahri, Vobkent, Shofirkon, G’ijduvon, Kogon tumanlaridagi mahalliy Kengash deputatlari tomonidan sessiyalar kun tartibiga dolzarb masalalar kiritilgan bo‘lib, viloyatning boshqa shahar va tumanlarida mazkur yo‘nalishdagi ishlarda sustkashlik sezilmoqda. Deputatlarimiz o‘z zimmalaridagi mas’uliyat va javobgarlikni, partiyaviy faollikni unutib qo‘ygan ko‘rinadilar. Holbuki bugungi kunda ular MFYlardagi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda ish olib borishlari, yoshlar va ayollarni qiynayotgan muammolarni hal etishda mahallalardagi yoshlar tashkilotchisi va ayollar faoliga yaqindan ko‘maklashishlari zarur.

Yig‘ilishda bu yilgi BPT larda o‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘yicha ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Hisobot –saylov yig‘ilishlari yakunlariga ko‘ra mavjud BPT larning 795 tasiga ularning yetakchilari qayta saylandi. 28 ta BPTda esa yangi BPT raislari ish olib boradigan bo‘ldi.

Vobkent, Kogon, Shofirkon, G’ijduvon tumanidagi bir qator korxona, tashkilot va mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bu yig‘ilishlar yuksak ko‘tarinki ruhda va uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan bo‘lsada, Buxoro, Kogon shaharlari, Buxoro, Jondor, Olot, Peshku, Romitan, Qorako‘l, Qorovulbozor tuman Kengashlarida esa bu masalaga e’tiborsizlik bilan qaraldi.

Ish faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan partiya tuman Kengashi mas’ullariga ogohlantirish berildi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Galdagi vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    527
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+