Ishchi guruh vakillari «Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi» faoliyati bilan tanishdi
18.04.2022, 16:00

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sevara Muslimova, partiyaning viloyat kengashi “Ayollar qanoti” vakillari Guliston shahridagi «Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi» faoliyati bilan tanishishdi.
13-14 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etgan viloyat Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasining Sirdaryo viloyat bo‘linmasi boshlig‘i Barchinoy Usmonova hunarmandlik yo‘nalishida adras, atlas, zardo‘zlik, gilam, do‘ppi, sumkalar tikish va to‘qish yo‘nalishidagi ishlarini namoyish etgandi. Viloyat hokimi G’.Mirzayev tashabbusi bilan «Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi»dan B.Usmonovaning tadbirkorlik sohasiga joy ajratildi va faoliyati boshlandi.
Ishchi guruh vakillari tadbirkorning talab va istaklarini o‘rganishdi. Shu o‘rinda deputat Mavluda Ibragimova shifokorlik kasbidan kelib chiqib, ayollar salomatligini saqlash va onalikni muhofaza qilish borasidagi tavsiyalarini ham berdi.
Ayni paytda markazda 50 ta ish o‘rni yaratilib, xotin-qizlar tajribasiga ko‘ra ish bilan ta’minlangan. Yana 150 nafar “Ayollar daftari”, “Temir daftar”da turgan xotin-qizlarni ishga olish imkoniyati borligini aytgan Barchinoy Usmonovaning muammolarini hal qilishni viloyat Kengashi deputatlari O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari P.Ahmedjanova va G.Jonjigitovalar zimmasiga olishdi.
Shu kuni «Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi»da Barchinoy Usmonova boshchiligida BPT tuzishga kelishildi.
O'zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi
matbuot xizmati.
O'xshash yangiliklar
-
Ayol bilan jamiyat go‘zal, hayot charog‘on
29.09.2023, 16:18
-
Davlatimiz ravnaq topishi yo‘lida hech qachon izlanish va intilishdan to‘xtamaymiz
29.09.2023, 16:13
-
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
28.09.2023, 12:15
-
Ayollar manfaatlari BMT sammiti muhokamasida
28.09.2023, 11:58
-
“Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi
26.09.2023, 16:56
Fikringizni qoldiring