“Tokio-2020” yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov bilan sirdaryolik yoshlar uchrashdi

18.04.2022, 16:07

“Tokio-2020” yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov bilan sirdaryolik yoshlar uchrashdi

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi “Sportga qiziqish sog‘lom bo‘lishga intilishdir” shiori ostida “Chempion va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

O’zbekiston taekvondo milliy terma jamoa a’zosi, “Tokio-2020” yozgi Olimpiya o‘yinlari oltin medal g‘olibi Ulug‘bek Rashitov bilan uchrashuv o‘tkazilishi ham ishtirokchilarga sport, g‘oliblik nashidasi haqidagi mazmunli suhbat bo‘ldi.

Chempion bilan uchrashuvga kelganlarning aksariyati shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilari, sport ishqibozlari edi.

Tadbir ishtirokchilari yoshlarga chempionning qanday chempion bo‘lgani qiziq va uning o‘rnida bo‘lishni istaganlarni ko‘zlaridan sezish qiyin emasdi. Ulug‘bek ham yosh bo‘lsada, juda mulohazali yigit ekan, javoblaridan kattalar ham havasda edi.

Ulug‘bek Rashitov o‘zining faoliyatiga to‘xtalarkan, uning erishga yutuqlar va orzu umidlari ro‘yobi barcha yoshlarga katta qiziqish uyg‘ota oldi. Olimpiadada yutganingizda nimadan kuch olgandingiz, deyishadi. Mening ruhlantirgan narsa vaqt. Onam doim o‘zimizning uyimiz bo‘lsa edi, derdi. Chunki ijarada yashardik. Albatta onamga uy qilib beraman, degan orzu menga tinchlik bermagan. Ko‘proq harakat qilishimga sabab bo‘lgan. Endi, onam orzu qilgan uyida yashayapti. Meni ruhlantirgan narsa mening atrofimdagilar baxtli bo‘lsa, ota-onam baxtli bo‘lsa shundan kuch olaman.

  • Ko'rildi
    533
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+