O’z biznesini rivojlantirayotgan O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli

18.04.2022, 16:12

O’z biznesini rivojlantirayotgan O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli

Yoshlarni ish bilan ta’minlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining rivojlanishi eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi.

Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, xususan, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hazarosplik Zaynura Kenjayeva ham ana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z biznesini rivojlantirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqda. 

"Zara tekstil" MChJ rahbari, O‘zLiDeP faoli Zaynura Kenjayeva o‘z mablag‘lari hisobidan MChJ qoshida "Hazorasp Unversal Ziyo" o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Qariyb 200 millon mablag‘ sarflangan mazkur markazda 15 tadan ortiq ishchi o‘rin yaratildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish ularni jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash, chet tillarini mukammal o‘rganish, 500 nafardan ortiq yoshlarni kasb-hunarli qilishda ko‘maklashish maqsadida ingiliz tili, rus tili, tikuvchilik, pazandachilik va sport bo‘yicha turli to‘garaklar va kurslar tashkil etilgan. Mazkur marzkada 500 nafar o‘quvchilar tahsil olishlari mumkin.

Yosh tadbirkor Zaynura Kenjayeva kelgusida "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"da turuvchi yoshlar va xotin-qizlarni ham bepul to‘garaklarga jalb qilishni ko‘zda tutgan. 

O’quv markazining ochilish marosimida tumanning faol nuroniylari, sektor rahbarlari, Hazorasp tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari va O‘zLiDeP tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari qatnashib yosh tadbirkor Zaynura Kenjayevaning bundan keyingi ishlariga ham ulkan rivojlar tiladilar.

Shaxnoza Yakubova

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi 

Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    482
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+