O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan 8 nafar xotin-qizlarga shifoxonalarda davolanishlari uchun bepul yo‘llanma berildi

19.04.2022, 15:41

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan 8 nafar xotin-qizlarga shifoxonalarda davolanishlari uchun bepul yo‘llanma berildi

Saidaxon Kamolova Bo‘ston tumanidagi “O’rta qo‘rg‘on” mahallasida istiqomat qiladi. Bir necha yildan buyon surunkali kasallikdan aziyat chekadi. Muntazam davolanishga muhtoj. Biroq moddiy yetishmovchilik tufayli doimiy davolanishga qurbi yetmaydi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

O’zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasida “O’zLiDeP ayollari – yangi O’zbekiston bunyodkori!” loyihasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida Saidaxon Kamolova singari “Ayollar daftari”dagi 8 nafarga yaqin xotin-qizlarning turli shifoxonalarda statsionar davolanishlari uchun bepul yo‘llanmalar berildi.

Mazkur tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan munosib shart-sharoitlar, qulay imokniyatlar, ularning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun berilayotgan imtiyozlar borasida atroflicha fikr almashdilar.

-Baliqchilik ayollarning muammolari bilan ham qiziqdik, - deydi partiya tuman Kengashi apparat rahbari Moxidilxon Toxliboyeva. – Aksariyati tibbiy yo‘nalishdagi masalalariga javob topmayotganlari ma’lum bo‘lgach, imkon qadar bu borada mutasaddilar bilan birgalikda ijobiy javob berishga harakat qildik. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda chekka hududlarda xotin-qizlar uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etish bo‘yicha shu kunning o‘zidayoq jadvalli reja ishlab chiqib, o‘tkazish bo‘yicha vaqtlarni belgilab oldik.

O’z navbatida tadbir davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan davolanishga muhtojlarni zaruriy bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanishi nazoratga olindi.

  • Ko'rildi
    406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+