Viloyat Kengashi sessiyasida O’zLiDeP deputati tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy yechim topadigan bo‘ldi

19.04.2022, 15:42

Viloyat Kengashi sessiyasida O’zLiDeP deputati tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy yechim topadigan bo‘ldi

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining 53-sessiyasida viloyat Kengashi deputatligiga O’zLiDePdan saylangan deputat Jamol Ashurov tomonidan Jondor tumani Mustaqillik va Zarafshon hududlaridan o‘tuvchi Avgir-2 kanalini tozalash, yangi nasos o‘rnatish va suv taminotini yaxshilash bo‘yicha masala ko‘tarilga edi.

Mavjud vaziyat bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat hokimi  Botir Zaripov ushbu hududda bo‘ldi. Masala tegishli soha mutasaddilari ishtirokida muhokama qilindi. Viloyat rahbari 10 kun muddatda 6 km uzunlikdagi mazkur suv tarmog‘ini tozalash, talab va ehtiyojdan kelib chiqib, qo‘shimcha nasos o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, fermer xo‘jaliklari dala maydonlaridagi hosildorlikni oshirishda mazkur kanalning suv ta’minotini yaxshilash muhim rol o‘ynaydi.

Deputat tashabbusi bilan ko‘tarilgan muammoni hal etish yuzasidan ishlar boshlandi.

  • Ko'rildi
    429
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+