Deputat ko‘magida muammo bartaraf qilindi

20.04.2022, 14:11

Deputat ko‘magida muammo bartaraf qilindi

Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Asilbek Arziyev o‘zi saylangan hudud “Temir yo‘l guzori” mahalla fuqarolar yig‘inidagi saylovchilari bilan uchrashganda bir qator  muammolar ko‘tarilgan edi.  

Tumandagi “Temir yo‘l guzori” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan T.Jalekeyev, J.Jumaniyazov ko‘chasida istiqomat qiladigan   mahalla ahli uy oldi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun tomorqa suvi bilan ta’minlovchi ariq trubasi chiqindilar bilan to‘lib qolganligi bo‘yicha murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat bo‘yicha deputat tegishli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni o‘rganib chiqdi. Xalq vakili deputatlik vakolati doirasida Chimboy tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga deputatlik so‘rovnoma yuborildi.

Natijada Chimboy tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi vakillari o‘rganish olib borishdi va eskirgan truba yangisiga almashtirildi. Deputatning sa’y-harakati bilan masala ijobiy hal qilindi.  

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    458
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+