O‘zLiDePning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil qilindi

21.04.2022, 14:31

O‘zLiDePning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil qilindi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” vakillari “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida Buxoro shahridagi “Banoaz tekstil” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

E’tiborlisi, 2007 yilda 2 nafar ayollar bilan ish boshlagan MChJ bugungi kunda o‘z faoliyatini kengaytirib 22 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Natijada “Axmad Donish” MFY hududidagi “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi aksariyat ayollarning bandligi ta’minlangan. 20 ta yangi zamonaviy mashinka ega bo‘lgan korxonada sport kiyimlari va sport anjomlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.

M.Adilova tomonidan ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashish uchun o‘zining kichik korxonasida tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+