Deputatlar mahallabay va xonadonbay ishlash orqali muammolarni hal qilyapti

21.04.2022, 14:43

Deputatlar mahallabay va xonadonbay ishlash orqali muammolarni hal qilyapti

O'zLiDeP Pop tumani Kengashi tomonidan tumandagi “Ipak yo‘li” va “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Dastlab shu mahallalarning tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari Temur Arslonov va Nigora Nishonovalar mahalladagi xonadonlar soni, ularda yashovchi aholi, shundan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng xonadonma-xonadon yurib, ularning egalari bilan suhbat o‘tkazildi. O’rganishlar natijasidagi muammoli masalalarni hal etish uchun hududdagi Tibbiyot kolleji zalida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda suhbat tashkil etildi. Muloqotda oilaviy biznesni boshlamoqchi bo‘lganlarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilishi, shuningdek, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuncha berildi, yerdan, suvdan unumli foydalanishlari, chiqindi, ichimlik suvi, mahalliy soliqlar hamda kreditdan bo‘lgan qarzdorliklarni bartaraf etishlari zarurligi ta’kidlandi.

Shu kunning o‘zida 25 dan ortiq tadbirkor va tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari eshitildi va ularning ko‘targan muammolarning aksariyati joyida hal etildi. Ba’zi masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarishga qaror qilindi.

  • Ko'rildi
    530
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+