Tuyachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishildi

22.04.2022, 14:42

Tuyachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishildi

“Agrotrans marketing” fermer xo‘jaligi raisi Jahongir Bozorov fermerlik bilan shug‘ullanayotganiga ham o‘n yildan oshdi. U ana shu yillar davomida chorvachilikni rivojlantirib, yaxshigina daromad olishga ham erishmoqda.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘lim tashabbusi bilan Xo‘jaobod tumanidagi mazkur xo‘jalikda “Chorvachilik sohasini rivojlantirish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xo‘jalik rahbari, ishchi-xodimlari, partiya faollari va mutasaddilar ishtirok etdi.

Dastlab partiya vakillari xo‘jalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ilk faoliyatini 2011 yilda bir dona tuya va bo‘taloq bilan boshlagan fermer bugungi kunga kelib, fermer xo‘jaligi ixtiyorida 60 ta tuyalar mavjud. Xo‘jalikda o‘n nafardan ziyod yoshlar doimiy ish bilan ta’minlangan.

 Shuningdek, u tuya suti va dorivor giyohlar bilan inson salomatligini mustahkamlashga qaratilgan davolash markazini bunyod etmoqda. Markaz 2 qavatli binodan iborat bo‘lib, to‘liq foydalanishga topshirilgach, 80 nafar mijoz bir vaqtning o‘zida muolaja olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu borada Jahongir Bozorov ko‘p sut beradigan tuyalar sonini ko‘paytirishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

-Xalqimiz azaldan tuyachilik bilan shug‘ullanib kelgan. Tuya suti va juniga ehtiyoj katta. Shularni inobatga olib, fermer xo‘jaligimizda ushbu loyihani amalga oshiryapmiz, – deydi Jahongir Bozorov. – Boshlagan ishlarimiz o‘z samarasini beryapti. Bosqichma-bosqich bu ishlarni davom ettiramiz.

Uchrashuv yakunida Jahongir Bozorov va 7 nafar ishchi-xodimlar O’zLiDeP safiga qabul qilindi va partiya bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga  qo‘yishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    555
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+