Vobkentda O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”faollari 200 tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi

22.04.2022, 14:43

Vobkentda O’zLiDeP “Yoshlar qanoti”faollari 200 tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida mamlakatimiz bo‘yicha 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini o‘tqazish belgilangan.

Bunday keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish natijasida respublikamiz shaharlaridagi yashil maydonlar hududi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.

O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodir Qo‘ldoshev boshchiligida hudud yoshlari ham ushbu xayrli ishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Partiya tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” faollari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari jami 70 nafardan ortiq yigit-qizlar tomonidan tumanning “O’zbakon” mahallasi hududidagi 0,4 gektar maydonga 200 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

 “Yashil makon” loyihasi doirasidagi xayrli ishlar Vobkentlik O’zLiDeP faollari, yoshlar yetakchilari va ko‘ngilli yigit-qizlar tomonidan tumanning barcha mahallalarida qizg‘in davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+