"Ayollar daftari"ga kiritilgan va tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan xotin-qizlar o‘qitildi

22.04.2022, 15:41

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” vakillari Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida belgilab berilgan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida Nurobod tumanida ish boshlagan xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi.

Partiya vakillari “Ayollar daftari”ga kiritilgan va bugungi kunda imtiyozli kredit olib o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayol Yulduz Beksaliyevaning tikuv sexida bo‘lishdi va shu yerning o‘zida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida tumandagi "Ayollar daftar"ga kiritilgan va tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan xotin-qizlar jalb qilinib, tikuvchilik sirlari bepul o‘rgatildi. Uchrashuv davomida 2 nafar xotin-qizlar mazkur tikuv korxonasiga joylashtirishga erishildi.

Marhabo Chuliyeva,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+