Samarqandda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

22.04.2022, 15:43

Samarqandda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Samarqand chet tillar instituti talaba yoshlari uchun “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil qilindi.

Bu loyihadan ko‘zlangan maqsad esa oliygohda ta’lim olayotgan talaba yoshlar orasidan zamonaviy fikrlaydigan, ma’nan yetuk, vatanparvar, partiyaga xayrixoh, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda tashabbuskor, faol, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash ishlarini yanada kuchaytirishdan iborat

Tadbirda mamlakatimizda keyingi yillari yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuni mamnuniyat bilan aytish lozimki loyiha targ‘ibotiga partiya  “Yoshlar qanoti” faollari tashabbuskorlik ko‘rsatishmoqda.

Muloqot davomida talaba yoshlar orasidan 10 nafar yigit - qizlar O’zLiDeP ga xayrixohligini bildirishdi.

Jahongir Xujamkulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    182
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+