Deputatlik eshituvi: Sirdaryoda 1482 nafar turli yoshdagi ishsiz, kasb-hunarga ega bo‘lmagan fuqarolar o‘qitilgan

22.04.2022, 15:45

Deputatlik eshituvi: Sirdaryoda 1482 nafar turli yoshdagi ishsiz, kasb-hunarga ega bo‘lmagan fuqarolar o‘qitilgan

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi va partiya deputatlik guruhi a’zolari Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Alimovning axborotini eshitdi.

Viloyat Bandlik boshqarmasi tomonidan bu yilgi rejaga ko‘ra Monomarkazda 7703 nafar band bo‘lmagan aholining tahsil olishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 1482 nafar turli yoshdagi ishsiz, kasb-hunarga ega bo‘lmagan aholi Guliston shahridagi Monomarkazda, shuningdek Oqoltin, Sayhunobod va Xovos tumanlaridagi kasb-hunar maktablarida 21 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qitildi, stipendiya bilan ta’minlanib, sertifikat berildi. Ularning ish bilan ta’minlanishini kafolatlash maqsadida uch tomonlama bandlik markazi tinglovchi va korxona, tashkilotlar tomonidan shartnomalar imzolandi.

Ish o‘rniga ega bo‘lmaganlarga tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyatlarini yurgizish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar berildi. Subsidiyalarning maqsadli ishlatilishi nazoratga olingan. Tadbirkorlikni boshlaganlar o‘zi qatori ishsizlarga ish o‘rni yaratishiga ham erishildi.

Shuningdek mahallabay ishlash tizimi yuzasidan ham mahalla guzarlarida qishloq sharoitiga mos, ehtiyojga yarasha kurslar tashkil etildi. Masalan, Mirzaobod tumanining Navbahor  mahalla guzarida qandolatchilik, erkak va ayollar sartaroshi kasbiga o‘qitilayapti.

Viloyat miqyosidagi 236 ta mahallada Bandlik boshqarmasining jamoatchi vakillari mahallaga biriktirilgan. Ular aholining ayniqsa, xotin-qizlarning qisqa kurslarda tahsil olishini tashkil etish uchun suhbatlar olib boradi, qiziquvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi, o‘qishni tashkil etadi. Jamoatchilar ham malakaga ega kollej bitiruvchilari, ular ham maosh bilan ta’minlangan.

Deputatlar aholi bandiligini ta’minlash va kasbga o‘rgatish borasida qilingan ishlarni ijobiy baholashdi va ushbu yo‘nalishda ayrim muammolar borligini ta’kidlab o‘tishdi.

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+