IT Park Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga yoshlar ishtirokida press tur tashkil qilindi

25.04.2022, 15:22

IT Park Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga yoshlar ishtirokida press tur tashkil qilindi

Xabaringiz bor, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida barcha sohalar qatori Raqamli iqtisodiyotni "drayver" sohaga aylantirish borasida ham vazifalar belgilab berilgan. Bu borada O'zLiDeP vakillari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlar va vazifalarning ijro etilishi holatini o‘rganyapti, IT Park hududiy filiallarida turli seminarlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan faol yoshlar uchun IT Park Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga press tur tashkil qilindi.

Yoshlar IT Park Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdilar. 

 Ma’lumot o‘rnida IT Park Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining  barcha tuman va shaharlarida yoshlarning IT sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun IT o‘quv markazlari o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Bu markazlarda hozirgacha 4 ming 500 nafardan ortiq o‘quvchilar ta’lim olgan bo‘lsa 1 ming 300 dan ortig‘i davlat idoralari xizmatchilaridan iborat.

Bugungi kunda 750 nafardan ortiq o‘quvchilar ta’lim olishmoqda.  Bundan tashqari faqat ta’lim bilan kifoyalanib qolmasdan, yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va IT sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun ham bir qancha imkoniyatlar va soliq imtiyozlaridan  foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib kelinyapti.

Ushbu filialning tuman va shahar IT o‘quv markazlari tomonidan joriy yilning shu kuniga qadar “Dasturlashga bo‘lgan birinchi qadam”, “Bir million dasturchi” loyihasi, “Kibersport turnirlari” hamda “Axborot texnologiyalari bilimdoni” mavzularida jami 83 ta turkum tadbirlar tashkil qilinib, unda jami 3 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi.

Sayohat davomida O’zLiDePning faol yoshlari filial tomonidan yoshlarimizning IT sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdi, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va sohaga oid o‘zlarini  qiziqtirgan  savollariga atroflicha javoblar olishdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    560
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+