“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar partiya hududiy kengashlarida amaliyot o‘tashadi

25.04.2022, 15:30

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar partiya hududiy kengashlarida amaliyot o‘tashadi

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filialida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar ishtirokida davra suhbat tashkil qilindi.

Unda  mamlakatimizda keyingi yillari yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

-Men uchun bu loyiha ayni muddao bo‘ldi. Ko‘pdan buyon siyosiy partiyalar faoliyatiga qiziqib yurardim, bu loyihada ishtirok etib, o‘zimning siyosiy bilimlarimni mustahkamlayman va albatta hujjatlar bilan ishlash, turli loyihalarimni taqdim qilish va partiya loyihalarida ham ishtirok etish, deputatlar faoliyati bilan tanishish umuman olganda o‘qishdan bo‘sh vaqtimni malaka, tajriba oshirishga yo‘naltiraman, pirovardida diplomni qo‘lga olgandan keyin ish izlashimga hojat qolmaydi, kerakli kadr bo‘lib yetishishimga bu loyiha juda katta zamin yaratadi, - deydi talaba Diorbek Sobirov.

Muloqot davomida talaba yoshlar orasidan 5 nafari O’zLiDeP ga xayrixohligini bildirdi.

  • Ko'rildi
    423
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+