O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi hamda Buxoro Davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

27.04.2022, 13:45

O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi hamda Buxoro Davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ma’lumki, O'zLiDeP ning "Yangi avlod kadrlari" loyihasida uni amalga oshirish bo‘yicha alohida vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ana shunday vazifalardan biri mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Shuni hisobga olib, O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi bilan Buxoro Davlat Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumni O'zLiDeP viloyat Kengashi raisi Farmon Aminov hamda universitet rektori Obidjon Hamidov tantanali ravishda imzoladilar.

Memorandumga asosan yosh, istiqbolli kadrlar izlab topiladi, ularning malakasi oshiriladi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda jamoat tashkilotlarida faoliyat olib borishga tavsiya etiladi.

Viloyat partiya tashkiloti barcha bo‘g‘inlaridagi ish o‘rinlariga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan xodimlarni ish o‘rinlariga - tegishli lavozimlarga tasdiqlash ham memorandumning muhim vazifalaridan biridir.

Tadbir davomida qayd etilganidek, Buxoro davlat universitetida 2021-2022 o‘quv yilida jami 21581 nafar, shu jumladan shartnoma asosida 17841nafar, davlat granti asosida, 3740 nafar talaba ta’lim olmoqda. Joriy o‘quv yilidagi bitiruvchilar soni 4089 nafarni tashkil  etmoqda.

Loyihada faol ishtirok etadigan talaba-yoshlarni O'zLiDeP viloyat Kengashi kadrlar zahirasiga kiritish ko‘zda tutilgan.

Tadbir doirasida kelgusida O'zLiDeP safida turib faoliyat yuritish istagida bo‘lgan bir guruh pedagog hamda talaba-yoshlar partiya safiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari va partiyaning esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+